Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 56–58-betlar
SEMIZLIK KUZATILGAN BEMORLARDA NAFAS YO‘LLARINI TA’MINLASH BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR
Sulaymonov, Ulugʻbek
DOI: 10.5281/zenodo.20917937 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Semizlik bilan kechadigan bemorlarda nafas yo‘llarini ta’minlash masalasi reanimatologiya va anesteziologiyada eng murakkab va xavfli klinik holatlardan biri hisoblanadi. Bunday bemorlarda nafas yo‘llarining anatomik va fiziologik o‘zgarishlari intubatsiya va sun’iy nafas oldirish jarayonlarini sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Yog‘ to‘qimasining halqum va bo‘yin sohasida ortishi yuqori nafas yo‘llarining torayishiga, ko‘rish maydonining cheklanishiga hamda traxeyaga naycha kiritish jarayonining qiyinlashishiga olib keladi. Bo‘yin harakatchanligining kamayishi va anatomik belgilarni aniqlashdagi qiyinchiliklar ham nafas yo‘llarini boshqarish samaradorligini pasaytiradi. Shuningdek, semizlikda o‘pka hajmining kamayishi va o‘pka elastikligining pasayishi kuzatiladi, bu esa kislorod yetishmovchiligining tez rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.