Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 61–68-betlar
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘YIN — BOLA FAOLIYATINING ASOSIY TURI SIFATIDA
Jo‘rayeva, Nigoraxon
DOI: 10.5281/zenodo.20917947 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining asosiy turi sifatida o‘yinning psixologik-pedagogik mohiyati, uning bola shaxsi rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqot maktabgacha ta’lim muassasalari sharoitida o‘yin faoliyatining tashkil etilishi, uning turli ko‘rinishlari (rolli o‘yin, didaktik o‘yin, harakatli o‘yin, qurilish-konstruktiv o‘yin) hamda ularning bolaning kognitiv, ijtimoiy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga ta’siri o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada empirik tadqiqot natijalari asosida o‘yin faoliyatining bog‘cha yoshidagi bolalar rivojlanishidagi yetakchi o‘rni ilmiy jihatdan asoslangan. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, maqsadli tashkil etilgan o‘yin faoliyati bolalarning nutqi, tafakkuri, ijtimoiy moslashuvi va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantiradi. Maqola maktabgacha ta’lim tarbiyachilari, metodistlar va pedagogika sohasidagi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
maktabgacha yosho‘yin faoliyatiyetakchi faoliyatrolli o‘yindidaktik o‘yinkognitiv rivojlanishijtimoiylashuvbola psixologiyasimaktabgacha pedagogikashaxs rivojlanishi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.