Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 74–76-betlar
O‘ZBEK VA ARAB ADABIYOTIDA BALOG‘AT QOIDALARINI QIYOSIY O‘RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Nazokat, Abdulhamid
DOI: 10.5281/zenodo.20917970 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda o‘zbek va arab adabiyotida balog‘at qoidalarini qiyosiy o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda balog‘at ilmining Sharq poetikasidagi o‘rni, arab balog‘at maktabining nazariy tizimi hamda o‘zbek mumtoz adabiyotida badiiy san’atlarning milliy poetik tafakkur bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi. Asosiy e’tibor qiyosiy tahlilda qo‘llanadigan tarixiy-genetik, tipologik, lingvopoetik va matnshunoslik yondashuvlariga qaratiladi. Shuningdek, tashbeh, isti’ora, kinoya, tazod va talmeh kabi san’atlarning ikki adabiy an’anadagi o‘xshash va farqli jihatlarini o‘rganishda metod tanlashning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida o‘zbek va arab adabiyotida balog‘at qoidalarini qiyosiy o‘rganish Sharq poetik tafakkurining umumiy ildizlari va milliy-estetik xususiyatlarini aniqlashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatildi.
balog‘atpoetikama’oniybayonbadi‘qiyosiy adabiyotshunoslikmetodologiyatashbehisti’orakinoya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.