Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 116–119-betlar

KIMYO-TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA TRANSPROFESSIONAL SUB’EKTLIKNI LATENT BAHOLASHNING MODELI

F.I.Xudoyberdiyev, F.I.Xudoyberdiyev

DOI: 10.5281/zenodo.20953209 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ilmiy tadqiqotda "Sintez gaz kimyosi va texnologiyasi" fani doirasida bo‘lajak muhandis-texnologlarning transprofessional sub’ektligi va ekologik-gomeostatik barqarorlik darajalarini latent baholash muammolari ko‘rib chiqilgan. An’anaviy pedagogik sinovlardagi sub’ektivizm va chiziqli foizli reyting tizimlarining cheklanganligi tahlil qilinib, muhandislik didaktikasida ilk bor Rasch (Item Response Theory - IRT) logistik modelini qo‘llash uslubiyoti asoslangan. "Navoiyazot" AJ ishlab chiqarishidagi avariyalar (Fisher-Tropsh termik inqirozlari va membranali fouling effektlari) asosida yaratilgan test topshiriqlarining ob’ektiv qiyinchilik darajalari va talabalarning sub’ektiv operatsion qobiliyatlari umumiy logit shkalasiga o‘tkazilgan. Kolmogorov-Smirnov, Fisher hamda Styudent mezonlari integratsiyasida olingan statistik natijalar taklif etilayotgan latent metrologiyaning an’anaviy baholash metodlariga nisbatan yuqori aniqlik va xolislikka ega ekanligini raqamli isbotlagan.

Transprofessional sub’ektliklatent o‘lchovRasch modeliIRT nazariyasilogit shkalasiqiyinchilik darajasiqobiliyat parametriKolmogorov-Smirnov testipedagogik metrologiya.Transprofessional sub’ektlik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.