Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 4–9-betlar

INGLIZ DRAMATURGIYASIDA AMIR TEMUR OBRAZINING TARIXIYLIK VA BADIIY TO‘QIMA UYG‘UNLIGIDAGI TALQINI

Mansurova, Shodiya

DOI: 10.5281/zenodo.21056204 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz dramaturgiyasida Amir Temur obrazining shakllanishi, ayniqsa Charlz Sandersning “Buyuk Temur” dramasi misolida tarixiylik va badiiy to‘qima nisbatining namoyon bo‘lishi tadqiq etiladi. Maqolada Yevropa adabiy tafakkurida Sharq mavzusining yuzaga kelishi, Amir Temur siymosining G‘arb sahna adabiyotida madaniyatlararo timsolga aylanishi, shuningdek, Sanders dramaturgiyasida Sohibqiron obrazining adolatparvar, kechirimli, e’tiqodli va siyosiy jihatdan dono hukmdor sifatida talqin qilinishi yoritiladi. Tahlil davomida tarixiy drama janrida tarixiy haqiqat va muallif fantaziyasi o‘rtasidagi munosabat, tarixiy shaxs obrazining adabiy-estetik vazifasi hamda G‘arbda Sharq haqidagi tasavvurlarning badiiy matnga ko‘chish mexanizmlari ochib beriladi.

ingliz adabiyotiSharq mavzusiAmir TemurCharlz Sanders“Buyuk Temur”tarixiylikbadiiy to‘qimadramaturgiyaYelizaveta davriG‘arb va Sharq munosabatlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.