Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 13–15-betlar
DRONLARDAN GEODEZIK O‘LCHASH ISHLARIDA FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Sharofiddinova, Xusnidaxon, Sharipov, Ilhomjon
DOI: 10.5281/zenodo.21056264 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tezisda geodezik o‘lchash ishlarida uchuvchisiz uchish apparatlari (UAV – dronlar)dan foydalanishning afzalliklari, zamonaviy geodezik amaliyotdagi o‘rni hamda qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. So‘nggi yillarda dron texnologiyalarining jadal rivojlanishi geodeziya va kartografiya sohasida yangi imkoniyatlarni yaratdi. Dronlar yordamida yuqori aniqlikdagi ortofotoplanlar, raqamli relyef modellari (DEM) va uch o‘lchamli (3D) modellarni qisqa vaqt ichida yaratish mumkin. Tadqiqotda UAV fotogrammetriyasi, GNSS RTK va PPK texnologiyalarining geodezik o‘lchashlardagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, dronlardan foydalanishning an’anaviy geodezik usullarga nisbatan afzalliklari, jumladan, vaqt va mablag‘ni tejashi, inson mehnatini kamaytirishi, xavfli va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ishlash imkoniyatini yaratishi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari dron texnologiyalarini geodezik o‘lchash ishlariga keng joriy etish geodezik ma’lumotlarning aniqligi va sifatini oshirish bilan birga ishlab chiqarish samaradorligini ham sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatadi.
dronUAVgeodeziyafotogrammetriyaGNSSRTKPPKortofotoplanraqamli relyef modeliGIS
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.