Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 28–30-betlar
YER KADASTRINI YURITISHDA GIS TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Sharofiddinova, Xusnidaxon, Sharipov, Ilhomjon
DOI: 10.5281/zenodo.21093668 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tezisda yer kadastrini yuritishda geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalarining o‘rni, ularning yer resurslarini boshqarishdagi ahamiyati hamda amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Hozirgi kunda yer resurslaridan oqilona foydalanish, kadastr ma’lumotlarini raqamli shaklda yuritish va doimiy yangilab borish davlat boshqaruvining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. GIS texnologiyalari fazoviy va atribut ma’lumotlarni yagona bazada saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda vizuallashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada yer uchastkalarining chegaralarini aniqlash, ularning huquqiy holatini nazorat qilish, yer monitoringini olib borish va kadastr xaritalarini yangilash jarayonlari ancha tezlashadi. Shuningdek, GIS texnologiyalarini masofadan zondlash ma’lumotlari, global navigatsion sun’iy yo‘ldosh tizimlari (GNSS) va raqamli kartografiya bilan integratsiyalash yer kadastri ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini oshiradi. Tadqiqot natijalari GIS texnologiyalarini yer kadastri tizimiga keng joriy etish yer resurslarini samarali boshqarish, kadastr ma’lumotlarining aniqligini ta’minlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
yer kadastriGISgeografik axborot tizimifazoviy ma’lumotlaryer resurslariraqamli xaritaGNSSmasofadan zondlashgeoma’lumotlar bazasiArcGIS
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.