Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 51–57-betlar
KATTA QIYMATLI O‘ZGARMAS VA O‘ZGARUVCHAN TOKLARNI NAZORAT QILISH UCHUN MO‘LJALLANGAN MAGNIT MODULYATSIYALI KONTAKTSIZ O‘ZGARTIRGICHLARNI ISHLAB CHIQISH HAMDA ULARNING ISHONCHLILIGINI BAHOLASH
Y.A.Meliboyev, Y.A.Meliboyev, O.A.Xasanov, O.A.Xasanov, U.T.Mahmudov, U.T.Mahmudov, R.E.Quvondiqova, R.E.Quvondiqova
DOI: 10.5281/zenodo.21101674 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Katta o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarni aniq nazorat qilish sanoat korxonalari, metallurgiya majmualari hamda yirik suv xo‘jaligi obyektlarida energiya samaradorligi va ekspluatatsion xavfsizlikni ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Mazkur tadqiqotda taqsimlangan magnit parametrlariga ega bo‘lgan differensial trapetsiyasimon ferromagnit o‘zakli magnit-modulyatsion kontaktsiz tok o‘zgartirgichning konstruksiyasi, matematik modeli va ishonchlilik ko‘rsatkichlari tadqiq etildi. O‘zgartirgichning statik va dinamik xarakteristikalari uchun matematik model ishlab chiqilib, 10 kA gacha bo‘lgan tok diapazonida yaratilgan tajriba namunasi yordamida eksperimental tekshirildi. Tadqiqot natijalari nazariy va amaliy ma’lumotlar o‘rtasida yuqori moslik mavjudligini ko‘rsatdi. Qurilmaning chiziqlilik xatoligi 0,5 % dan kam, sezgirligi esa 1,2 mV/A ni tashkil etdi. Strukturaviy ishonchlilik tahlili asosida tizimning nosozliksiz ishlash ehtimoli normal ekspluatatsiya sharoitida 0,9980, og‘ir sanoat muhitida esa 0,9969 ga teng ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar taklif etilgan kontaktsiz tok o‘zgartirgichning yuqori aniqlik, past quvvat yo‘qotishlari va uzoq muddatli ishonchli ishlashni ta’minlovchi samarali sanoat monitoring vositasi ekanligini tasdiqlaydi.
Kontaktsiz tok o‘zgartirgichmagnit modulyatsiyaferromagnit datchiktok monitoringiishonchlilikni baholashquvvat yo‘qotishlarini kamaytirish.Kontaktsiz tok o‘zgartirgichmagnit modulyatsiyaferromagnit datchiktok monitoringi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.