Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 78–81-betlar
IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA O‘XSHATISHLARNING IFODALANISHI
Yoqubboyeva, Shoxista
DOI: 10.5281/zenodo.21253948 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Badiiy adabiyot tilining tasviriy vositasi sanalgan o‘xshatish o‘zining obrazlilik, tasviriylik, emotsional-ekspressivlilik kabi xususiyatlari bilan badiiy asar tilida yaqqol sezilib turadi. U badiiy asarning barcha komponentlari: portret, ruhiy kechinma, peyzaj, xarakterlar tasvirida qo‘llaniladi va badiiy asar yuzaga keladi. Birorta badiiy asar yo‘qki, unda o‘xshatish bo‘lmasin. Umuman, badiiy asarning badiiylik belgisi o‘xshatish, sifatlash, metаfora, jonlantirish kabi tasviriy vositalar orqali ifodalanadi. Tilshunoslikda esa material sifatida qanday leksik va grammatik vositalar bilan ifodalanish yo‘llari o‘rganiladi. Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning she’riyatida qo‘llanilgan o‘xshatishlar va ularning ifodalanish usullari haqida gap boradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.