Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 115–128-betlar

VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI

RASULBERDIYEV, MASHRABJON

DOI: 10.5281/zenodo.21289319 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va axborot-kommunikatsion omillar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Xorazm viloyatida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari asosida voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining zamonaviy tendensiyalari o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, internet va ijtimoiy tarmoqlarning nazoratsiz ta’siri, oilaviy nazoratning sustligi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi kamchiliklar hamda huquqiy tarbiyaning yetarli darajada shakllanmaganligi huquqbuzarliklarning asosiy omillaridan biri ekanligi aniqlandi. Maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishning zamonaviy mexanizmlari sifatida “Erta ogohlantirish tizimi”, “Raqamli profilaktika platformasi”, “Elektron profilaktik karta” hamda “Jamiyat xizmatidagi yosh” modeli taklif etilgan. Tadqiqot natijalari profilaktika faoliyatini takomillashtirish va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Voyaga yetmaganlarhuquqbuzarliklar profilaktikasiyoshlar jinoyatchiligihuquqiy tarbiyainternet xavfsizligiijtimoiy tarmoqlarraqamli profilaktikaota-onalar nazoratimaktab psixologimahalla

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.