Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 21–23-betlar

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA INFORMATIKADAN TA’LIM BERISHNING NAZARIY ASOSLARI

Sherboboyev, Xurshid

DOI: 10.5281/zenodo.21337856 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida informatika fanini o'qitishning nazariy asoslari tahlil qilingan. Informatika ta'limining pedagogik-metodik mohiyati, uning boshqa fanlardan farqli xususiyatlari, o'quv jarayonini tashkil etishning didaktik tamoyillari yoritilgan. Maqolada informatika fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, o'quvchilarda algoritmik va mantiqiy tafakkurni shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, informatika ta'limi mazmunini tanlash tamoyillari, o'quv dasturlarining tuzilishi va ularning davlat ta'lim standartlariga muvofiqligi masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari informatika o'qituvchilari, metodistlar va ta'lim sohasi mutaxassislari uchun amaliy ahamiyatga ega.

informatikaumumta'lim maktabita'lim nazariyasididaktik tamoyillaro'qitish metodikasialgoritmik tafakkuraxborot-kommunikatsiya texnologiyalario'quv dasturipedagogik texnologiyadavlat ta'lim standarti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.