Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 77–79-betlar
YAGONA ELEKTRON YUK HUJJATI TASHKIL ETISH ORQALI MULTIMODAL TASHISHLARNI TASHKIL QILISH
Mehriyev, Muhiddin
DOI: 10.5281/zenodo.21428380 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Temir yo‘l transporti va avtomobil transportida multimodal tashishlarida qo‘llaniladigan yuk hujjatlarini yagona elektron formatda shakllantirishning tashkiliy-huquqiy va texnologik asoslari vazifa qilib belgilangan. Yevropa va MDH mamlakatlarida CIM, SMGS va CMR hujjatlari alohida transport huquqi tizimlariga tegishli bo‘lib, transport turi almashganda ma’lumotlarni takroran kiritish, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish va nazorat amallarining ko‘payishiga olib kelishi tahlil qilingan. Yagona elektron yuk hujjatining ma’lumotlar modeli, ishtirokchilar o‘rtasidagi axborot oqimi, identifikatsiya va autentifikatsiya mexanizmi shakllantirish hamda yuk hujjatni raqamlashtirish taklifi ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan yechim temir yo‘l, avtomobil transporti, bojxona organlari va transport ekspeditorlarning axborot tizimini integratsiyalash orqali hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtini qisqartirish va qog‘oz hujjatlar raqamlashtirishga qaratilgan.
multimodal tashishyuk hujjatilogistikahujjatni elektron raqamlashtirishhujjat integratsiyasi.multimodal tashishyuk hujjatilogistikahujjatni elektron raqamlashtirishhujjat integratsiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.