Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 16–19-betlar
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHDA TIJORAT BANKLARI KREDITLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Nurillayeva, Nafosat
DOI: 10.5281/zenodo.21671514 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada aholi bandligini ta’minlashda tijorat banklari kreditlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Bank kreditlarining yangi ish o‘rinlarini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilishni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bandlikka yo‘naltirilgan kredit mablag‘larini ajratish va ulardan foydalanish jarayonidagi muammolar, xususan, kredit resurslarining hududlar va tarmoqlar bo‘yicha notekis taqsimlanishi, kredit olish imkoniyatlarining cheklanganligi, moliyaviy savodxonlikning yetarli emasligi hamda loyihalarni monitoring qilish tizimidagi kamchiliklar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, imtiyozli kreditlarning manzilliligini oshirish, istiqbolli loyihalarni tanlash tizimini rivojlantirish va tijorat banklari, mahalliy hokimliklar hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
aholi bandligitijorat banklaribank kreditikreditlash samaradorligikichik biznesxususiy tadbirkorlikyangi ish o‘rinlariimtiyozli kreditlaro‘zini o‘zi band qilishmoliyaviy resurslar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.