Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 20–24-betlar

TIJORAT BANKLARIDA NAQD PULSIZ OPERATSIYALAR HISOBINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Nosirova, Feruzaxon

DOI: 10.5281/zenodo.21671580 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada tijorat banklarida naqd pulsiz operatsiyalar hisobini tashkil etishning zamonaviy usullari, ularning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Bank tizimida raqamli texnologiyalar, masofaviy bank xizmatlari, mobil banking, internet-banking, elektron to‘lov tizimlari hamda avtomatlashtirilgan buxgalteriya dasturlaridan foydalanishning naqd pulsiz operatsiyalar hisobiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblarni buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish, operatsiyalar ustidan ichki nazoratni kuchaytirish, ma’lumotlarning ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Maqolada elektron hujjat aylanishi, real vaqt rejimida hisob yuritish, bank operatsiyalarini avtomatik identifikatsiya qilish va zamonaviy axborot tizimlarini qo‘llashning afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijasida tijorat banklarida naqd pulsiz operatsiyalar hisobini takomillashtirish, hisob jarayonlarining tezkorligi va aniqligini oshirish hamda operatsion xatarlarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

tijorat bankinaqd pulsiz operatsiyalarbuxgalteriya hisobielektron to‘lovraqamli bankingmobil bankingavtomatlashtirilgan bank tizimiichki nazoratelektron hujjat aylanishi.tijorat banki

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.