Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 88–90-betlar

AMUDARYO HAVZASIDA SUV XOʻJALIGI BOSHQARUVI, MODDIY-TEXNIK BAZASI VA KADRLAR SALOHIYATI OʻRTASIDAGI NOMUTANOSIBLIK (XX ASRNING IKKINCHI YARMI)

Eshmirzayev, Ziyodulla

DOI: 10.5281/zenodo.21768838 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Bugungi kunda Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish tizimini isloh qilish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va eskirgan sugʻorish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Ayni paytda amaldagi tarmoq XX asr davomida shakllangan boshqaruv strukturasi, moddiy-texnika bazasi va kadrlar tayyorlash tizimining bevosita vorisi hisoblanadi. Shu bois Amudaryo havzasida oʻtgan asrda amalga oshirilgan yirik irrigatsiya dasturlarining institutsional ijro mexanizmini birlamchi arxiv manbalari asosida oʻrganish va shu orqali bugungi muammolarning tarixiy ildizini aniqlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.