Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 111–113-betlar

SURUNKALI OBSTRUKTIV O‘PKA KASALLIGIDA TAKRORIY ZO‘RAYISHLAR RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Xasanov, Farruhbek

DOI: 10.5281/zenodo.21786277 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi dunyo va respublikamizda nogironlik hamda o‘limga olib keluvchi surunkali kasalliklar qatorida muhim o‘rin egallaydi. Ushbu kasallikda takroriy zo‘rayishlar kasallikning kechishini og‘irlashtirib, nafas yetishmovchiligining kuchayishiga, o‘pka faoliyatining tezroq pasayishiga, shifoxonaga yotqizilishlar sonining ortishiga va o‘lim xavfining oshishiga sabab bo‘ladi. Takroriy zo‘rayishlarning rivojlanishida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, nafas yo‘llari infeksiyalari, atmosfera havosining ifloslanishi, zararli ishlab chiqarish omillari, yondosh kasalliklar, dori vositalarini muntazam qabul qilmaslik hamda bronxlardagi surunkali yallig‘lanish muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, ilgari kuzatilgan zo‘rayishlar ham keyingi zo‘rayishlarning mustaqil xavf omillaridan biri hisoblanadi. Takroriy zo‘rayishlarga olib keluvchi omillarni aniqlash, ularning klinik ahamiyatini baholash hamda xavf guruhidagi bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash kasallikning og‘irlashishini oldini olish, davolash samaradorligini oshirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida takroriy zo‘rayishlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish pulmonologiyaning dolzarb ilmiy-amaliy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.