Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 144–145-betlar

GRAM-MUSBAT VA GRAM-MANFIY NEONATAL SEPSISNING KLINIK-LABORATOR PROFILI VA EMPIRIK ANTIMIKROB TAKTIKANI TANLASHDAGI AHAMIYATI

Muxtorov, Jahongir

DOI: 10.5281/zenodo.21837269 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Neonatal sepsisda etiologik agentni mikrobiologik tasdiqlashgacha bo‘lgan davrda boshlang‘ich antimikrob terapiyani asosli tanlash klinik natijani belgilovchi muhim omildir. Tadqiqotda gram-musbat va gram-manfiy qo‘zg‘atuvchilar bilan bog‘liq sepsisning klinik-laborator xususiyatlari qiyosiy baholandi. Gram-manfiy sepsis arterial gipotenziya, terining marmarsimonligi, leykopeniya va trombotsitopeniya bilan, gram-musbat sepsis esa erta respirator buzilishlar va invaziv sun’iy o‘pka ventilyatsiyasiga ehtiyojning yuqoriligi bilan tavsiflandi. Aniqlangan belgilar gemokultura natijasini almashtirmaydi, biroq mahalliy mikrobiologik monitoring bilan birgalikda empirik davolashni xavfga moslashtirishga xizmat qiladi.

neonatal sepsisgram-manfiy bakteriyalargram-musbat bakteriyalarnSOFAtrombotsitopeniyagemokulturaempirik antimikrob terapiya.neonatal sepsisgram-manfiy bakteriyalargram-musbat bakteriyalar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.