Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 91–97-betlar

NAVOIY GʻAZALLARI TAHLILIDA AN’ANAVIY SHARH ANʼANASI VA ZAMONAVIY ADABIY TAHLIL MUNOSABATI

Rahmonova, Maftuna

DOI: 10.5281/zenodo.21918589 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maskur tezisda Alisher Navoiy gʻazallarini oʻrganishning ikki yoʻli - Sharq mumtoz adabiyotshunosligida shakllangan “sharh” anʼanasi hamda XX–XXI asr adabiyotshunosligida qaror topgan zamonaviy tahlil usullari qiyosiy tarzda tadqiq etiladi. Ushbu ilmiy izlanishimizda an’anaviy sharhning tarixiy ildizlari, ichki bosqichlari va usullari, shuningdek, Navoiy asarlariga bagʻishlangan lugʻat va sharh manbalari koʻrib chiqiladi. Navoiyning oʻz asarlariga yozgan debochalari va nazariy risolalari “muallif sharhi” sifatida baholanadi. Zamonaviy tahlilning matniy-poetik, struktural, germenevtik, retseptiv va lingvopoetik yoʻnalishlari sharhlanadi.

Alisher Navoiy, gʻazal, sharh, talqin, matn tahlili, poetika, tasavvuf, germenevtika, retseptiv estetika, navoiyshunoslik, lingvopoetika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.