Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 98–100-betlar

QURILISH LOYIHALARIDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI BAHOLASH VA BOSHQARISH

Ismoilov, Umid

DOI: 10.5281/zenodo.21918684 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Qurilish sanoatida iqtisodiy samaradorlikni oshirish faqatgina xarajatlarni kamaytirish bilan cheklanib qolmaydi. Samaradorlikni baholashda qurilish loyihasining umumiy qiymati, bajarilish muddati, mehnat unumdorligi, foydalanilayotgan materiallar hajmi, texnika va uskunalarning samaradorligi hamda yakuniy mahsulotning sifati kabi ko‘rsatkichlarni kompleks ravishda hisobga olish zarur. Chunki xarajatlarni haddan tashqari qisqartirish qurilish sifatining pasayishiga yoki loyiha muddatlarining cho‘zilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli iqtisodiy samaradorlik va sifat o‘rtasidagi optimal nisbatni ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.