Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 169–174-betlar

SHAXSNING QILMISHIGA AMALDA PUSHAYMON BO‘LISHI (TASHABBUSKORONA YORDAMI) MUNOSABATI BILAN JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING AMALIY MASALALARI

Gulomov, Abdulaxadxon

DOI: 10.5281/zenodo.21927609 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66-moddasida nazarda tutilgan shaxsning qilmishiga amalda pushaymon bo‘lishi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining nazariy-huquqiy asoslari, mazmun-mohiyati, shartlari va huquqiy tabiatiga oid masalalar atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, amalda pushaymon bo‘lishning ob’ektiv va sub’ektiv mezonlari, ixtiyoriy ravishda aybini bo‘yniga olish, jinoyatni ochishga faol yordam berish hamda yetkazilgan zararni qoplash shartlarining sud-tergov amaliyotidagi muammolari va ularni hal etish yollari ko‘rib chiqilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda ilmiy-nazariy qarashlar asosida milliy jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Javobgarlikdan ozod qilish, amalda pushaymon bo‘lish, aybini bo‘yniga olish, faol yordam berish, zararni qoplash, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat, tergov amaliyoti, prokuror nazorati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.