Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 123–126-betlar
OLIY TA’LIMDA DASTURLASH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARI
Utepbergenova, Aysuliu
DOI: 10.5281/zenodo.21927888 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida dasturlash kompetensiyalarini rivojlantirishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari tahlil qilinadi. Dasturlash kompetensiyasi dasturlash tillarini bilish bilan cheklanmay, algoritmik va hisoblash tafakkuri, muammoni tahlil qilish, algoritm yaratish, kod yozish, xatolarni aniqlash va tuzatish, dasturiy yechimlarni baholash hamda yangi texnologik muhitga moslashish qobiliyatlarini qamrab olishi asoslanadi. Kompetensiyaviy, muammoli, loyiha asosida va hamkorlikdagi o‘qitish, teskari sinf, juftlikda dasturlash, gamifikatsiya hamda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlarning integratsiyasi talabalarning mustaqil fikrlashi, amaliy dasturlash ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi.
dasturlash kompetensiyasi, oliy ta’lim, dasturlashni o‘qitish, algoritmik tafakkur, hisoblash tafakkuri, loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, juftlikda dasturlash, sun’iy intellekt.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.