Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 127–129-betlar

CLIL TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TABIIY FAN MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH TAMOYILLARINING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Mannobxonova, Muqaddamxon

DOI: 10.5281/zenodo.21927977 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada CLIL (Content and Language Integrated Learning) ta’lim texnologiyasi asosida tabiiy fan mashg‘ulotlarini tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilingan. CLIL yondashuvining mazmun va til integratsiyasiga asoslangan pedagogik imkoniyatlari yoritilib, tabiiy fanlarni o‘qitishda ushbu texnologiyani qo‘llashning didaktik ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, CLILning 4C modeli (Content, Communication, Cognition, Culture) hamda tabiiy fan mashg‘ulotlarini tashkil etishda ilmiylik va aniqlik, integrallik, kommunikativ faollik, kognitiv rivojlanish, vizuallik va multimodallik hamda izchillik tamoyillarining mazmuni tahlil etilgan. Muallifning tadqiqotlari asosida ushbu tamoyillar o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligi, ilmiy tafakkuri va chet tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning muhim metodik omillari ekanligi asoslab berilgan.

CLIL, bilingval ta’lim, tabiiy fan, tabiiy-ilmiy savodxonlik, ilmiy-metodik asos, integratsiya, kommunikativ kompetensiya, 4C modeli, didaktik tamoyillar, metodika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.