Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 162–166-betlar
TEXNIKA FANLARINI OʻQITISHDA AI-AGENTLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Zoxidov, Iqboljon
DOI: 10.5281/zenodo.21942501 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada texnika fanlarini oʻqitish jarayonida sunʼiy intellektga asoslangan AI-agentlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy texnika sohalarida murakkab jarayonlarni tushunish, amaliy masalalarni mustaqil hal qilish va talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qoʻyilayotgan talablarning ortib borayotgani bilan izohlanadi. Maqolada adabiyotlarni tahlil qilish, taqqoslash, pedagogik modellashtirish va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. AI-agentning oddiy axborot beruvchi dasturdan farqli ravishda oʻquv maqsadiga muvofiq vazifani bosqichma-bosqich bajarishi, talaba harakatini tahlil qilishi, qayta aloqa berishi va keyingi oʻquv harakatini taklif qilishi mumkinligi asoslandi. Texnika fanlarida AI-agentlardan foydalanishning asosiy pedagogik imkoniyatlari sifatida individual taʼlim, muammoli oʻqitish, amaliy topshiriqlarni shakllantirish, xatolarni tahlil qilish, virtual tajriba va mustaqil taʼlimni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlari ajratildi. Shu bilan birga, AI-agentlardan foydalanishda tayyor javobga ortiqcha ishonish, notoʻgʻri axborotdan foydalanish, akademik halollik va texnik taʼminot bilan bogʻliq muammolar mavjudligi koʻrsatildi. Maqolada texnika fanlarini oʻqitish uchun AI-agentdan foydalanishning bosqichma-bosqich pedagogik modeli taklif etilgan.
sunʼiy intellekt, AI-agent, texnika, taʼlim, virtual laboratoriya, mustaqil taʼlim, pedagogik texnologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.