Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 11–12-betlar
O'ZBEK VA TURKIY TILLAR UCHUN KASKADLI NUTQDAN NUTQQA TARJIMA TIZIMI
Sharipov, Zohirjon
DOI: 10.5281/zenodo.21946718 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Turkiy tillar oilasiga mansub xalqlar o'rtasidagi og'zaki muloqot ko'pincha til to'sig'iga duch keladi. Ushbu tezisda o'zbek va boshqa turkiy tillar o'rtasida og'zaki muloqotni avtomatlashtiruvchi kaskadli nutqdan nutqqa tarjima tizimi taklif etiladi. Tizim uch bosqichdan iborat: nutqni tanish, matnni tarjima qilish va nutqni sintez qilish. Birinchi bosqichda o'zbek nutqi Wav2Vec2 XLS-R modeli yordamida matnga aylantiriladi, so'ngra matn mashina tarjimasi orqali maqsadli tilga o'giriladi va nihoyat VITS modeli yordamida yana ovozga aylantiriladi. Tizim Python va PyQt5 asosida ishlab chiqilgan bo'lib, foydalanuvchiga qulay grafik interfeys taqdim etadi. Taklif etilayotgan yondashuv turkiy tillararo real vaqtdagi og'zaki muloqotni avtomatlashtirishga xizmat qiladi.
Nutqdan nutqqa tarjima; o'zbek tili; turkiy tillar; avtomatik nutqni tanish; Wav2Vec2; mashina tarjimasi; nutq sintezi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.