Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 35–37-betlar
VARIKOTSELENI ANIQLASHDA KLINIK TEKSHIRUVLARNING AHAMIYATI
Axundjanov, Bahodir, Abduraxmonov, Xojimurod
DOI: 10.5281/zenodo.21972948 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Varikotsele - urug‘ tizimchasi pampiniform venoz chigalining kengayishi bilan tavsiflanadigan patologik holat bo‘lib, erkaklar reproduktiv salomatligiga ta’sir qiladi. Kasallikning klinik belgilari turlicha bo‘lib, ayrim bemorlarda varikotsele tasodifan aniqlansa, boshqalarida skrotal og‘riq, og‘irlik hissi yoki bepushtlik bilan bog‘liq muammolar kuzatiladi. Varikotseleni o‘z vaqtida aniqlash kasallikning klinik darajasini baholash, moyaklarning funksional holatini tekshirish va zarur hollarda davolash taktikasini tanlash uchun muhimdir. Zamonaviy xalqaro tavsiyalarda varikotsele tashxisining asosiy usuli klinik tekshiruv hisoblanadi. Skrotal rangli Doppler ultratovush tekshiruvi ko‘rik noaniq bo‘lgan holatlarda yoki qo‘shimcha diagnostik ma’lumot zarur bo‘lganda qo‘llanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.