Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 50–51-betlar

BO‘G‘IN TAHLILI VA SINTEZINI RIVOJLANTIRISHDA HARAKATLI-DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Yadgarova, Iroda

DOI: 10.5281/zenodo.21988993 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bo‘g‘in tahlili va sintezi ko‘nikmalarini rivojlantirishda harakatli-didaktik o‘yinlardan foydalanish masalasi yoritilgan. O‘qish jarayonida bo‘g‘inning boshlang‘ich yoki yakuniy fonemasini tushirib qoldirish kabi xatolarni kamaytirishda o‘yinli mashg‘ulotlarning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu maqsadda “Bo‘g‘inli sirpanchiq”, “Quvnoq parashut”, “Uchqur samolyot” va “Paroxod keldi” nomli harakatli-didaktik o‘yinlar tavsiya etilgan. Mazkur o‘yinlarda o‘quvchilarning ko‘rish, eshitish, talaffuz va harakat faoliyatlarini uyg‘unlashtirish orqali tovushlarni ketma-ket idrok etish, ularni birlashtirish va yaxlit bo‘g‘in hosil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish nazarda tutiladi.

boshlang‘ich ta’lim, bo‘g‘in, bo‘g‘in tahlili, bo‘g‘in sintezi, fonema, fonemik anglash, o‘qish savodxonligi, harakatli-didaktik o‘yin, o‘quv motivatsiyasi, savod o‘rgatish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.