Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 64–68-betlar

O‘ZBEKISTON TEKISLIK LANDSHAFTLARINING GEOEKOLOGIK HOLATINI KOMPLEKS BAHOLASH VA OPTIMALLASHTIRISH YONDASHUVLARI

Naimov, Husniddin

DOI: 10.70413/si-v04-i69-p1-014 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston hududidagi tekislik landshaftlarining hozirgi geoekologik holati, unda kechayotgan tabiiy va antropogen jarayonlar hamda landshaftlarning ekologik barqarorligini ta’minlashning ilmiy-amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekiston tekislik landshaftlarida shakllanayotgan geoekologik muammolarni aniqlash, ularning tabiiy va antropogen omillar bilan bog‘liqligini baholash hamda mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosida hududlarni optimallashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida landshaft-ekologik, geoekologik, kartografik, qiyosiy-geografik, meliorativ-geografik va tizimli tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tekislik landshaftlarida tuproq degradatsiyasi, shamol va irrigatsiya eroziyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish, yaylovlarning degradatsiyasi, suv resurslarining kamayishi va ifloslanishi, tabiiy o‘simlik qoplamining qisqarishi hamda iqlim o‘zgarishining kuchayib borayotgan ta’siri asosiy geoekologik muammolarni tashkil etadi. Ayniqsa, Qizilqum, Ustyurt, Quyi Amudaryo, Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li va Farg‘ona vodiysining tekislik qismlarida tabiiy resurslardan foydalanish darajasi hamda antropogen bosimning hududiy xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Mazkur hududlarda geoekologik holatni yaxshilash uchun suv va yer resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish, meliorativ tadbirlarni takomillashtirish, yaylovlardan me’yoriy foydalanish, cho‘llanish jarayonlarini cheklash, tabiiy o‘simlik qoplamini tiklash hamda zamonaviy monitoring texnologiyalarini joriy etish zarur.

O‘zbekiston, tekislik landshaftlari, geoekologik holat, kompleks baholash, landshaft-ekologik tahlil, tuproq degradatsiyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish, eroziya, suv resurslari, yaylov degradatsiyasi, melioratsiya, iqlim o‘zgarishi, optimallashtirish, ekologik barqarorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.