Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 69–72-betlar
BUXORO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARINING MELIORATIV HOLATI
Qodirova, Dilrabo, Xurramov, Sa’dulla
DOI: 10.70413/si-v04-i69-p1-015 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Buxoro viloyatining Romitan va Buxoro tumanlari sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarining sho‘rlanish darajasi, tuzlar va pH muhitining profil bo‘ylab vertikal taqsimlanishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuproq qatlamlarida quruq qoldiq miqdori 0,330% dan 1,495% gacha tebranishi hamda aksariyat kesmalarda sizot suvlarining ta’sirida quyi qatlamlarda tuz to‘planishi kuzatildi. Sho‘rlanish tipi, asosan, natriy-sulfatli va ayrim chuqur qatlamlarda sulfat-xloridli xarakterga ega. Tuproq muhiti reaksiyasi (pH) 7,8–8,5 oraliqda bo‘lib, kuchsiz va mo‘tadil ishqoriy muhitni namoyon etadi. Olingan natijalar hududda meliorativ tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Buxoro viloyati, o‘tloqi-allyuvial tuproqlar, sho‘rlanish, quruq qoldiq, xloridlar, sulfatlar, pH muhiti, meliorativ holat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.