Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 88–93-betlar
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA BOZOR TALABINI PROGNOZLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Tursunxoʻjayeva, Gulnoza
DOI: 10.70413/si-v04-i69-p1-019 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarida sunʼiy intellekt asosida bozor talabini prognozlashning iqtisodiy samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda maʼlumot bazasi, algoritmik model va boshqaruv qarorini birlashtiruvchi uch bosqichli yondashuv ishlab chiqildi. Xalqaro prognozlash natijalari, OECD maʼlumotlari va Oʻzbekiston kichik tadbirkorligiga oid rasmiy statistika qiyosiy oʻrganildi. Prognoz aniqligining zaxira meʼyori, aylanma mablagʻ, saqlash xarajatlari va yoʻqotilgan savdoga taʼsiri iqtisodiy jihatdan asoslandi. Natijalar sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanish talabni aniqroq baholash, zaxiralarni optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirish imkonini berganini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv kichik korxonalarda sunʼiy intellektni bosqichma-bosqich joriy etish va uning moliyaviy natijadorligini baholash uchun amaliy asos yaratdi.
sunʼiy intellekt, talab prognozi, kichik biznes, iqtisodiy samaradorlik, zaxira boshqaruvi, mashinali oʻqitish, aylanma mablagʻ, raqamli transformatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.