Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 118–123-betlar

JAMIYAT TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA MEDIATSIYANING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Abdullaev, Bahodir

DOI: 10.70413/si-v04-i69-p1-081 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada jamiyat transformatsiyasi sharoitida mediatsiya institutining rivojlanish istiqbollari ijtimoiy-falsafiy va aksiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi mediatsiyani sof huquqiy protsedura sifatida emas, balki qadriyatlarga yo‘naltirilgan ijtimoiy amaliyot sifatida ko‘rib chiqish hamda uning zamonaviy ijtimoiy o‘zgarishlar kontekstidagi rivojlanish salohiyatini aniqlashdan iborat. Ishda tizimli-strukturaviy, qiyosiy, germenevtik va aksiologik usullar qo‘llanilgan. Tadqiqot natijasida mediatsiyaning tushunchaviy-nazariy asoslari, uning aksiologik o‘lchovi va transformativ salohiyati ochib berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida mediatsiya institutining huquqiy-institutsional rivojlanishi va istiqbollari asoslangan. Xulosa qilinishicha, mediatsiyaning kelgusi taraqqiyoti nafaqat qonunchilik va institutsional omillarga, balki jamiyatning qadriyat madaniyati yetukligiga bog‘liqdir.

mediatsiya, jamiyat transformatsiyasi, nizolarni muqobil hal etish, aksiologiya, qadriyatlar, ijtimoiy institut, transformativ mediatsiya, huquqiy madaniyat, konsensus, O‘zbekiston.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.