Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 161–164-betlar

SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM ASOSIDA TALABALARNING O‘QUV MOTIVATSIYASINI OSHIRISH

Isanova, Laylo

DOI: 10.70413/si-v4-i69-56371 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning talabalarning o‘quv motivatsiyasini oshirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning mohiyati, asosiy tamoyillari, an’anaviy ta’limdan farqli jihatlari hamda zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashuv imkoniyatlari yoritiladi. Ta’lim jarayonida talabaning individual ehtiyojlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va ta’limiy maqsadlarini hisobga olish uning o‘quv faoliyatidagi faolligi, mustaqilligi va ichki motivatsiyasini kuchaytirishi asoslanadi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish va o‘quv jarayonini shaxsiylashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.

shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, talaba, individual yondashuv, pedagogik texnologiyalar, mustaqil ta’lim, raqamli ta’lim, sun’iy intellekt, individual ta’lim trayektoriyasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.