Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 169–172-betlar
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ZAMONAVIY FARMATSEVTIKADA — DORI VOSITALARINI YARATISH VA RIVOJLANTIRISHDAGI TATBIQI
Omonova, Sevinch, Sattorova, Marjona, Maxmudxonova, Naimaxon, Nusratova, Nozima
DOI: 10.70413/si-v4-i69-56380 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining zamonaviy farmatsevtika sohasidagi, xususan yangi dori vositalarini kashf etish, ularni ishlab chiqish, klinik sinovlarni optimallashtirish va shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. 2025–2026-yillarda e’lon qilingan xalqaro ilmiy nashrlar va sohaviy tahliliy hisobotlar asosida AI texnologiyalarining farmatsevtik R&D (tadqiqot va ishlanma) jarayonini qanday tezlashtirayotgani, shu bilan birga tibbiy-huquqiy tartibga solish (regulyatsiya) sohasida yuzaga kelayotgan yangi talablar yoritilgan. Maqolada shuningdek O‘zbekiston farmatsevtika ta’limi va sanoatida ushbu texnologiyalarni joriy etishning istiqbollari, yosh mutaxassislar uchun raqamli ko‘nikmalarning ahamiyati bo‘yicha fikr-mulohazalar keltirilgan.
sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish, dori vositalarini kashf etish, generativ AI, raqamli farmatsevtika, klinik sinovlar, shaxsiylashtirilgan tibbiyot, farmatsevtika ta’limi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.