Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 173–176-betlar

ANTIBIOTIKOREZISTENTLIK MUAMMOSI VA O‘ZBEKISTON MAHALLIY O‘SIMLIK XOM ASHYOSI ASOSIDA YANGI ANTIMIKROB FITOPREPARATLAR YARATISH ISTIQBOLLARI

Omonova, Sevinch, Sattorova, Marjona, Ilxomova, Feruza, Nusratova, Nozima

DOI: 10.70413/si-v4-i69-56381 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy farmatsevtikaning eng dolzarb muammolaridan biri — antibiotikorezistentlik (AMR) hodisasi va uni bartaraf etishning muqobil yo‘nalishlaridan bo‘lgan o‘simlik xom ashyosi asosidagi antimikrob fitopreparatlarni yaratish istiqbollari tahlil qilingan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining 2025-yilgi global antibiotikorezistentlik monitoringi hisoboti (GLASS) ma’lumotlari, O‘zbekiston farmatsevtika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar hamda mahalliy dorivor o‘simliklarning biologik faol moddalari xususidagi so‘nggi manbalar asosida muammoning ko‘lami va yechim yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston florasining boyligi — 4000 dan ortiq yovvoyi o‘simlik turi va ulardan 600 ga yaqinining xalq tabobatida qo‘llanilishi — mamlakatimizda innovatsion, arzon va xavfsiz antimikrob fitopreparatlar ishlab chiqarish uchun ulkan salohiyat yaratadi. Maqolada shuningdek fitopreparatlar ishlab chiqarish texnologiyasidagi zamonaviy yondashuvlar, standartlashtirish muammolari va yosh tadqiqotchilarning ushbu sohadagi o‘rni haqida ham fikr yuritilgan.

antibiotikorezistentlik, fitopreparatlar, antimikrob faollik, dorivor o‘simliklar, GLASS, o‘simlik ekstraktlari, farmatsevtika, biologik faol moddalar, One Health.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.