Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 177–178-betlar
ANOR PO'STI (PUNICA GRANATUM L.) EKSTRAKTI ASOSIDA ANTIBAKTERIAL XUSUSIYATGA EGA BO'LGAN DORI SHAKLINI ISHLAB CHIQISH
Omonova, Sevinch, Sattorova, Marjona, Nusratova, Nozima
DOI: 10.70413/si-v4-i69-56382 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bugungi kunda antibiotiklarga chidamli bakteriyalar (antibiotikorezistentlik) muammosi jahon miqyosida, shu jumladan O'zbekistonda ham keskin dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JST) ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda antibiotikorezistentlik natijasida dunyoda 1,27 million kishi hayotini yo'qotgan. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligining hisobotiga ko'ra, mamlakatda nafas yo'llari va teri infeksiyalarida sintetik antibiotiklarga chidamli shtammlar ulushi 2020–2023-yillar oralig'ida 18% ga oshgan. Anor (Punica granatum L.) O'zbekistonda keng yetishtiriluvchi mahalliy meva bo'lib, uning po'stida ellag kislotasi (ellagic acid), punikagin, tanninlar va flavonoidlar singari kuchli antimikrob faollikka ega pollifenollar to'planadi. Biroq anor po'sti chiqindi sifatida yo'q qilinib, uning farmatsevtik salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti. Shu sababdan, anor po'sti ekstrakti asosida standartlashtirilgan, antibakterial xususiyatga ega dori shaklini yaratish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.