Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 4–7-betlar

OILAVIY ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN AYOLLARDA IJTIMOIY STIGMATIZATSIYANING O‘ZINI BAHOLASH VA PSIXOEMOTSIONAL HOLATGA TA’SIRI

Dumarova, Gulfira

DOI: 10.70413/si-v4-i70-56419 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayollarda ijtimoiy stigmatizatsiyaning shakllanishi, uning shaxsning o‘zini baholashi va psixoemotsional holatiga ta’siri ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan yoritiladi. Oilaviy zo‘ravonlik natijasida ayollarda o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi, o‘zini ayblash, uyat, qo‘rquv, ijtimoiy ajralish, xavotir va emotsional beqarorlik kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin. Maqolada jamiyatning zo‘ravonlikka uchragan ayollarga munosabati, stereotiplar va stigmatizatsiya jarayonining jabrlanuvchining psixologik holatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ayollarning psixoemotsional barqarorligini tiklash, o‘zini ijobiy baholashini shakllantirish va ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlashning psixologik yo‘llari haqida fikr yuritiladi.

oilaviy zo‘ravonlik, ijtimoiy stigma, stigmatizatsiya, o‘zini baholash, psixoemotsional holat, xavotir, depressiv holat, ijtimoiy moslashuv, psixologik yordam, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.