Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 8–12-betlar

KECHKI BOSQICHDAGI (LLA) AKTIVLAR UCHUN MТB (PSC) MODELINI TADBIQ ETISHNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING O‘ZBEKISTON NEFT-GAZ SEKTORI UCHUN QO‘LLANILISH IMKONIYATLARI

Mansurov, Obid

DOI: 10.70413/si-v4-i70-56435 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda Malayziyaning PETRONAS kompaniyasi tomonidan joriy etilgan “Kechki bosqichdagi aktivlar uchun mahsulot taqsimoti shartnomasi” (LLA PSC) modeli tahlil qilinadi. Modelning soddalashtirilgan soliq tizimi, xarajatlarni qoplash mexanizmining yo‘qligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yalpi ishlab chiqarish asosida bo‘linish, tugatish majburiyati va tejamkorlikni rag‘batlantirish kabi asosiy xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu modelning afzalliklari va kamchiliklari klassik Mahsulot taqsimotiga oid bitim (MTB- PSC) bilan solishtiriladi. Tadqiqot natijasida LLA modelining O‘zbekistonning rentabelligi pasaygan, tugatilish arafasidagi kechki bosqichdagi neft va gaz konlari uchun mosligi tahlil qilingan va modelni mahalliy qonunchilikka moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

kechki bosqichdagi aktivlar, LLA MTB, tugatish majburiyati, xarajatlarni qoplash, yalpi bo‘linish, soliqqa tortish, investitsion jozibadorlik, O‘zbekiston neft-gaz sektori.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.