Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 28–30-betlar

TURIZM INFRATUZILMASINI MODERNIZATSIYA QILISHDA IMTIYOZLI KREDITLASH MEXANIZMLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Abdurazakov, Shavkat

DOI: 10.70413/si-v4-i70-56508 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda milliy iqtisodiyotning strategik drayveri hisoblangan turizm xizmatlari sohasida infratuzilmani modernizatsiya qilish jarayonlarini imtiyozli kreditlash mexanizmlari orqali moliyaviy rag‘batlantirishning nazariy-uslubiy va amaliy yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Turizm infratuzilmasi ob’yektlarining yuqori kapital sig‘imdorligi, investitsiyalarning o‘zini oqlash muddatlarining uzoqligi hamda mavsumiy tebranishlar sharoitida an’anaviy tijorat kreditlash tizimidagi bozor uzilishlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida davlat tomonidan foiz stavkalarini subsidiyalash, uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini ajratish, kredit kafilligi institutlarini kengaytirish va sindikatlashtirilgan moliyalashtirish mexanizmlarining investitsion faollikka ta’siri tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida imtiyozli kredit resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, kredit xatarlarini davlat va xususiy sektor o‘rtasida optimal taqsimlash hamda hududiy turizm klasterlarida zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Turizm infratuzilmasi, modernizatsiya, imtiyozli kreditlash, foiz stavkalarini subsidiyalash, kredit kafolati tizimi, investitsion multiplikator, davlat-xususiy sheriklik, moliyaviy barqarorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.