Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 35–38-betlar

O‘ZBEKISTONDA FINTECH STARTAPLARINI RIVOJLANTIRISHDA REGULYATIV QUMDON MEXANIZMINI QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Vaxabov, Bobur

DOI: 10.70413/si-v4-i70-56510 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston moliya tizimining raqamli transformatsiyasi sharoitida FinTech startaplarini rivojlantirish va ularning institutsional faoliyatini tartibga solishda «regulyativ qumdon» (regulatory sandbox) mexanizmini qo‘llashning nazariy-uslubiy va o‘ziga xos amaliy xususiyatlari tadqiq etilgan. Moliyaviy innovatsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlari hamda an’anaviy qat’iy bank nazorati talablari o‘rtasidagi tizimli ziddiyatlar (Kollinrij dilemmasi) ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan joriy etilgan maxsus huquqiy rejimlar, ochiq bank tizimi (Open Banking) standartlari, muqobil skoring modellar hamda RegTech/SupTech vositalarining startaplar ekotizimiga ta’siri tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida regulyativ qumdon mexanizmidan foydalanish samaradorligini oshirish, sinovdan o‘tgan loyihalarni to‘liq litsenziyalash bosqichiga integratsiyalash va kiberxavfsizlik risklarini minimallashtirish bo‘yicha PhD darajasidagi ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

FinTech startaplari, regulyativ qumdon, O‘zbekiston moliya tizimi, maxsus huquqiy rejim, Open Banking, Markaziy bank, moliyaviy inklyuzivlik, SupTech, raqamli aktivlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.