Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 55–58-betlar
ZAMONAVIY O‘ZBEK YOSHLAR SHE’RIYATIDA IJTIMOIY ADOLATSIZLIK VA SUKUT MUAMMOSINING BADIIY TALQINI
Jurayev, Umidjon
DOI: 10.70413/si-v4-i70-56554 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada zamonaviy o‘zbek yoshlar she’riyatida ijtimoiy adolatsizlik, befarqlik, sukut, ma’naviy mas’uliyatsizlik va jamiyatdagi ziddiyatlarning badiiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida Suhrob Ziyo, Najmiddin Ermatov va Bobur Elmurod ijodidagi ijtimoiy ruhdagi she’rlar tanlandi. Yosh shoirlar voqelikni bevosita publitsistik bayon qilishdan ko‘ra ramz, kontrast, kinoya, dialogik murojaat, ichki monolog va keskin obrazlar orqali poetiklashtirishi ko‘rsatildi. Raymond Williamsning “structure of feeling” konsepsiyasi avlodning tarixiy davrni hissiy idrok etish shakllarini, M. Baxtinning dialogizm qarashlari esa lirik subyektning jamiyat bilan bahsga kirishuvchi ovozini izohlash uchun metodologik asos sifatida qo‘llandi. Tahlil natijasida yoshlar she’riyatida ijtimoiy muammo faqat tashqi hodisa emas, balki lirik qahramonning axloqiy pozitsiyasi va vijdon sinovi sifatida badiiylashtirilishi aniqlandi. Sukut, qo‘rquv, loqaydlik va adolatsizlikka qarshi so‘z aytish ehtiyoji yangi avlod lirikasining muhim ijtimoiy-estetik belgilaridan biri ekani asoslandi.
zamonaviy o‘zbek she’riyati, yoshlar ijodi, ijtimoiy muammo, ijtimoiy adolatsizlik, sukut, fuqarolik pozitsiyasi, lirik qahramon, dialogizm, poetik obraz, Suhrob Ziyo, Najmiddin Ermatov, Bobur Elmurod
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.