Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 58–61-betlar
TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY XIZMATLAR SIFATINI BAHOLASH VA TAKOMILLASHTIRISH
Ergashev, Azizxon
DOI: 10.70413/si-v4-i54-56564 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Tijorat banklarida moliyaviy xizmatlar sifatini ta’minlash banklarning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar ishonchini mustahkamlash va uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. Bozor munosabatlarining rivojlanishi, banklar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi hamda mijozlarning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talablari ortib borishi xizmatlar sifatini muntazam baholash va takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bank xizmatlarining sifati faqat moliyaviy natijalar bilan emas, balki xizmatlarning ishonchliligi, tezkorligi, qulayligi, xavfsizligi va mijozlarga individual yondashuv darajasi bilan ham belgilanadi. Tadqiqotlarda bank xizmatlari sifatini baholashda mijozlarning kutilmalari va amaldagi idroklari o‘rtasidagi tafovutni aniqlashga asoslangan SERVQUAL modeli, shuningdek, integral va statistik baholash usullaridan foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.