Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 64–69-betlar

O‘YIN TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARIDA O‘QUVCHILARNING KASBIY TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Otabaeva, Muazzam

DOI: 10.70413/si-v4-i70-56568 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda o‘yin texnologiyalari vositasida to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kasbiy tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik va metodik imkoniyatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularning turli kasblar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kasbiy qiziqish va moyilliklarini aniqlash hamda ongli kasb tanlashga yo‘naltirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, to‘garak mashg‘ulotlarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning kasbiy faoliyatga oid bilim, tasavvur, qiziqish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun samarali pedagogik vosita sifatida qaraladi. Tadqiqotda o‘yin texnologiyalarining rolli, didaktik, muammoli-vaziyatli, ishbilarmonlik va kasbiy yo‘naltiruvchi shakllaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni to‘garak mashg‘ulotlariga tizimli tatbiq etish metodikasi asoslangan. O‘yin jarayonida o‘quvchilarning kasbiy vaziyatlarni modellashtirishi, turli kasbiy rollarni bajarishi, mustaqil qaror qabul qilishi, muloqotga kirishishi va o‘z faoliyatini baholashi orqali kasbiy tasavvurlarining rivojlanishi nazariy jihatdan asoslangan. Natijada o‘yin texnologiyalari o‘quvchilarning kasbiy qiziqishi, motivatsiyasi, ijodiy va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga, kelajakdagi kasbiy o‘zini o‘zi belgilashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

o‘yin texnologiyalari, to‘garak mashg‘ulotlari, kasbiy tasavvur, kasbga yo‘naltirish, kasbiy qiziqish, kasbiy o‘zini o‘zi belgilash, rolli o‘yin, didaktik o‘yin, kasbiy faoliyat, interfaol ta’lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.