Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 70–73-betlar

DRAMA SEMIOTIKASIDA QAHRAMON NUTQI MASALASI

Suyunova, Malika

DOI: 10.70413/si-v4-i70-56572 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada drama san’atining semiotik tabiati va drama poetikasida qahramon nutqi masalasi o‘zaro uzviy bog‘liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqot obyektini Hamza Hakimzoda Niyoziy dramalari tashkil etadi. Maqolada dramatik nutq faqat muloqot shakli sifatida emas, balki ijtimoiy, axloqiy va estetik ma’no hosil qiluvchi markaziy poetik mexanizm sifatida talqin etiladi. Qahramonlar nutqining savol, buyruq, kinoya, qisqa replika va sukut shakllari orqali sahnada hokimiyat va bo‘ysunish munosabatlari qanday modellashtirilishi ochib beriladi. Xususan, “Maysaraning ishi” komediyasi asosida Maysara va Qozi nutqining satrma-satr semiopoetik tahlili amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalari drama semiotikasida nutqning ochiq semioz hosil qiluvchi asosiy belgi ekanini ko‘rsatadi.

drama semiotikasi, drama poetikasi, qahramon nutqi, dramatik dialog, savol va buyruq, sukut, ochiq semioz, Hamza dramaturgiyasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.