Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 84–88-betlar

“MUNSHAOT” ASARIDA NUTQIY TABAQALANISH REGISTR STRATIFICATION IN “MUNSHAOT”

Karimova, Yulduz

DOI: 10.70413/si-v4-i70-56595 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning "Munshaot" asari nutqiy tabaqalanish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – muallif tomonidan yaratilgan xatlarda ijtimoiy maqom, muxotab bilan munosabat xarakteri va janr xususiyatlariga ko'ra shakllangan nutqiy registrlarni aniqlash va tasniflashdir. Materiallar sifatida asarning xabariya, javobiya, xitobiya kabi janr ko'rinishlariga mansub xatlari qiyosiy tahlilga tortilgan. Tadqiqot davomida "faqir" niqobi ostidagi muallifiy ovozning til vositalari orqali namoyon bo'lishi, rasmiy-rasmiyatchilik va samimiy-shaxsiy uslublar o'rtasidagi farqlanish, shuningdek diniy-tasavvufiy leksikaning nutqiy tabaqalanishdagi o'rni yoritilgan. Tahlil natijasida "Munshaot"da nutqiy tabaqalanish muxotabning ijtimoiy mavqeiga, xatning maqsadiga va janr talablariga bog'liq holda tizimli tarzda amalga oshirilgani, bu esa Navoiyning nasriy uslubidagi mahoratini yana bir bor tasdiqlashi asoslab berilgan. Tadqiqot uslubi sifatida filologik tahlil, qiyosiy-tipologik va stilistik metodlardan foydalanilgan.

Alisher Navoiy,

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.