Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 89–91-betlar

ERKALASH MA’NOSINI IFODALOVCHI TIL BIRLIKLARINING TARJIMASIDA LINGVOMADANIY TAFOVUTLAR (SHEKSPIR ASARLARI ASOSIDA)

Xodjayeva, Shoira

DOI: 10.70413/si-v4-i70-56596 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Vilyam Shekspir asarlari asosida erkalash birliklarining tarjimasida yuzaga keladigan lingvokulturologik tafovutlar tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi erkalash vositalarining madaniy-semantik xususiyatlarini aniqlash hamda ularning tarjimada qay darajada saqlanishini o‘rganishdan iborat. Qiyosiy va lingvokulturologik tahlil metodlari asosida olib borilgan tadqiqot natijalari erkalash birliklari madaniy jihatdan shartlanganligini ko‘rsatdi. Tarjima jarayonida ayrim obrazlar va konnotativ ma’nolar yo‘qolishi yoki o‘zgarishi aniqlangan bo‘lsa-da, kompensatsiya va madaniy moslashtirish orqali ularning emotsional-ekspressiv ta’siri tiklanishi kuzatildi.

badiiy tarjima, erkalash birliklari, lingvokulturologik tafovutlar, Shekspir, madaniy moslashtirish, kompensatsiya, emotsional-ekspressiv ma’no.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.