Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 7–10-betlar

J. RUMIYNING "OVCHI VA LOCHIN" RIVOYATINING MOHIYATI VA UNING TARBIYAVIY AHAMIYATINI TAHLIL ETISH ("ICHINGDAGI ICHINGDADIR" ASARI ASOSIDA)

Obidjonova, Nigina

DOI: 10.5281/zenodo.19630855 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiyning "Masnaviy ma'naviy" asaridagi "Ovchi va lochin" rivoyatining falsafiy-tarbiyaviy mohiyati "Ichingdagi ichingdadir" asari kontekstida tahlil etiladi. Tadqiqotda adabiyotlar tahlili va shaxsiy ilmiy mushohada metodlari qo'llanilgan. Rivoyatning ramziy ma'no qatlamlari, inson ruhiy kamoloti va ma'naviy tarbiya bilan bog'liq jihatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalarida lochin timsoli orqali insonning asl vatani – ilohiy olam sari intilishi, dunyo moddiy ne'matlariga bog'lanib qolish xavfi hamda o'z-o'zini anglash zarurati kabi g'oyalar yoritilgan. 

Jaloliddin Rumiy, Masnaviy, rivoyat, lochin, ovchi, ma'naviy tarbiya, ramziylik, tasavvuf, o'z-o'zini anglash,

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.