Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 114–118-betlar

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA KOLLOKATSIYALAR VA FORMULAIK BIRLIKLAR ORQALI SO‘Z BOYLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Abdusalomova, Sabrina

DOI: 10.5281/zenodo.19840129 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitishda so‘z boyligini rivojlantirishning samarali yo‘llaridan biri sifatida kollokatsiyalar va formulaik birliklar asosidagi metodika tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, ko‘plab o‘quvchilar alohida so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini bilsalar ham, ularni tabiiy nutqiy birikmalarda to‘g‘ri qo‘llashda qiyinchilikka duch keladilar. Maqolada leksik kompetensiyaning kollokatsion qatlami, formulaik birliklarning ravon nutq yaratishdagi roli, ularni o‘qitishning bosqichlari hamda grammatik va kommunikativ mashqlar bilan integratsiyasi yoritiladi. Taklif etilgan metodik model so‘z boyligini faqat miqdoriy emas, balki sifat jihatdan ham boyitishga xizmat qiladi.

kollokatsiya, formulaik birlik, leksik kompetensiya, chunking, communicative task, lexical fluency, grammar integration.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.