Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 1-jild 11-son (2022) · 7–11-betlar

O‘ZBEK GAZETALARI TILI

Bozorova, Ibodat Ramazonovna, Shodiyeva, Iroda Sa’dulla qizi

DOI: 10.70413/zdif-v01-i11-p1-003 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbek gazetalari tilining har tomonlama rivojlanishi va imkoniyatlarining kengayishini davr taraqqiyoti bilan, xalqimiz saviyasining har tomonlama o‘sganligi bilan izohlash lozim.O‘tgan davr mobaynida ko‘plab yuqori saviyali jurnalistlar  yetishib chiqdi.Kundalik gazetalar  xalqning suhbatdoshi bo‘lib qoldi. Ana shu omillar tilimizning ichki imkoniyatlaridan unumli foydalanishga, ayni vaqtda, boshqa tillardan qabul qilingan leksik vositalarni yozma nutqqa singdirishga keng yo‘l ochdi.Endilikda adabiy tilimiz me’yorlari puxta ishlandi. Binobarin, hozirgi kun gazeta tili so‘z qo‘llashda ham, grammatik qo‘shimchalardan foydalanishda ham, gap tuzishda ham har tomonlama  taraqqiy etdi. Hozirgi gazetalarning mazmun va mavzu doirasi kengaydi, ifoda usuli yaxshilandi, texnik jihatdan takomillashdi, jozibasi ortdi. Ular mazmunan  serqirra, shaklan bejirim, til va uslub jihatidan aniq-ravon va ommabopdir.

gazeta tili, hozirgi gazetalar, publitsistik usul, ijtimoiy omil

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.