Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 2-jild 8-son (2023) · 50–55-betlar

ASOSIY VA QO‘SHIMCHA JAZO SIFATIDA MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH INSTITUTINING TAHLILI

Kolmakov, Ivan, Asirdinov, Sirojiddin

DOI: 10.70413/zdif-v02-i08-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi.  Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.