Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 10-son (2025) · 4–12-betlar
“RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FARMATSEVTIKA SOHASIDA: E-APTEKALAR VA ONLAYN MASLAHATLAR” – ONLAYN DORIXONA XIZMATLARI VA TELEMEDITSINA IMKONIYATLARI HAQIDA
Xolmamatova, Sevinch
DOI: 10.5281/zenodo.15348091 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda, xususan, farmatsevtika sohasida ham keng qo‘llanilmoqda. Maqolada farmatsevtika sohasida raqamli texnologiyalarning roli va ahamiyati, ayniqsa e-aptekalar (onlayn dorixonalar) va telemeditsina xizmatlarining imkoniyatlari keng yoritiladi. Aholining dori-darmon mahsulotlariga tez va qulay tarzda ega bo‘lishi, shifokorlar bilan masofaviy maslahatlashish imkoniyatlari zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismiga aylanmoqda. E-aptekalar orqali foydalanuvchilar dorilar haqida ma’lumot olish, narxlarni solishtirish, buyurtma berish va ularni uyga yetkazib olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa nafaqat vaqt va mablag‘ni tejash, balki tibbiy xizmatlar mavjud bo‘lmagan hududlarda yashovchilar uchun ham katta imkoniyatlar yaratmoqda.
raqamli texnologiyalar, farmatsevtika, e-apteka, onlayn dorixona, telemeditsina, onlayn maslahat, dori vositalari, sog‘liqni saqlash, masofaviy tibbiyot, internet-apteka, shifokor maslahatlari, zamonaviy tibbiyot, dorilar yetkazib berish, farmatsevtik xizmatlar, sog‘liq texnologiyalari, dori sotib olish, virtual maslahat, onlayn sog‘liqni saqlash, sog‘lom turmush tarzi, raqamli tibbiyot
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.