Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 130–135-betlar

SINXRON TARJIMA TEXNIK , PSIXOLOGIK VA VAQT MUAMMOLARI: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YECHIMLAR

Rajabova, Umida

DOI: 10.70413/zdif-v04-i11-p1-030 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Sinxron tarjima jarayonida texnik, psixologik va vaqt bilan bog'liq muammolar tarjimonlarning samaradorligini pasaytiradi. Texnik cheklovlar, jumladan, tizim xatoliklari va audio-visual uzilishlar, tarjimonlarning ishini murakkablashtiradi. Shuningdek, tarjimonlar stress va muloqotda yuzaga keladigan tezlikni boshqarishdagi qiyinchiliklarni ham sezadilar. Zamonaviy texnologiyalar, masalan, sun'iy intellekt va real vaqt rejimida tarjima tizimlari, bu muammolarni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu texnologiyalar tarjimonlarning yukini yengillashtiradi va ular uchun samarali vaqtni boshqarish imkonini yaratadi. Tadqiqotda sinxron tarjimada texnik va psixologik qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun zamonaviy yechimlar tahlil qilinadi.

sinxron tarjima, texnik muammolar, psixologik muammolar, vaqtni boshqarish, zamonaviy texnologiyalar, sun'iy intellekt, real vaqt tarjimasi, tarjimonlar, samaradorlik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.